locale OZ

Ronaldu Ispaniya Superkubogi finalini tribunadan kuzatdi (foto)

Uchrashuv 3:2 hisobida «Barselona» foydasiga hal boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Ispaniya Superkubogi finalini tribunadan kuzatdi (foto)
FOTO: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi final uchrashuvini tribunadan tomosha qildi. Hal qiluvchi bahsda Madridning «Real»i va «Barselona» o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv 3:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal boʻldi.

Portugaliyalik futbolchi 2009–2018 yillar davomida «Real» safida to‘p surgan. Shu vaqt ichida Ronaldu 292 ta uchrashuvda maydonga tushib, 311 ta gol urgan. «Qirollik klubi» bilan birga u 2012 va 2017 yillarda Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

«Barselona» mazkur turnirning 16 karra g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida «ko‘k-anorranglilar» «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Joriy mavsumda jamoalar La Liganing 10-turida ham uchrashgan bo‘lib, o‘sha o‘yinda «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting