Ronaldu: «Hatto hamma ishni to‘g‘ri bajarganimizda ham tanqidchilar doimo bo‘ladi»
Krishtianu Ronaldu o‘zining tanqidlarga munosabati haqida gapirdi.
photo: gettyimages
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o‘zining tanqidlarga munosabati haqida gapirdi.
«Avval ham bir necha bor aytganimdek, yillar o‘tgani sari tajriba orttiramiz. Ammo ayrim narsalar hech qachon o‘zgarmaydi. Futbol shunday.
Hatto hamma ishni to‘g‘ri bajarganimizda ham tanqidchilar doimo bo‘ladi. Xatoga yo‘l qo‘ysak esa, ular yanada ko‘payadi.
Bu normal holat. Men bunday munosabat bilan yashay olaman»,-dedi futbolchi.