locale OZ

Ronaldu Fernandeshni «An-Nasr»ga olib kelmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Fernandeshni «An-Nasr»ga olib kelmoqchi
Photo: Getty Images

“An-Nasr” klubi Bruno Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, riyodliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlagan.

Avvalroq Bruno “Al-Hilol” klubining yiliga 70 million yevrolik taklifini rad etgan edi. “An-Nasr” esa undan ham yuqori taklif tayyorlamoqda.

Qolaversa, Krishtianu Ronaldu bu transferni amalga oshirish uchun muzokaralarda faol ishtirok etayotgani aytilmoqda.

Brunoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz klubi uni bitim yakuniga qadar jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting