Ronaldu, Felish va boshqalar. Portugaliya terma jamoasining noyabr oyi uchun tarkibi ma’lum
Portugaliklar 10 ochko bilan o‘z guruhida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
Portugaliya terma jamoasining navbatdagi yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilindi.
Bosh murabbiy Roberto Martinez terma jamoaga quyidagi futbolchilarni taklif qildi:
Diogu Koshta, Sa, Rui Silva, Dalot, Semedu, Kanselu, Nunesh, Ruben Diash, Inasiu, Antoniu Silva, Veiga, Palinya, Ruben Nevesh, Joau Nevesh, Vitinya, Bruno Fernandes, Bernardu Silva, Gonsalvesh, Felish, Trinka, Konseysau, Leau, Netu, Forbes, Ramush, Ronaldu.
JCh saralash bosqichida portugaliklar Irlandiya (13 noyabr) va Armanistonga (16 noyabr) qarshi bahs olib boradi.
Portugaliklar 10 ochko bilan o‘z guruhida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist