locale OZ

Ronaldo \"Real Valladolid\"ni sotishga qaror qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldo "Real Valladolid"ni sotishga qaror qildi
Photo: Transfermarkt.com

Braziliya futboli afsonasi Ronaldo Nazario "Real Valladolid" klubini sotib yubormoqchi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Ronaldo ispan klubini sotish bo'yicha ishlarni bir necha hafta oldin boshlagan. Klubga allaqachon xaridor topilgan va muzokaralar davom etyapti. May oyiga kelib yangi rahbar nomi e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu kelishuvning taxminiy qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Ronaldo Nazario "Valladolid"ga 2018 yildan beri egalik qiladi. Uning boshqaruvi davrida jamoa ikki marta La Ligadan tushib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting