locale OZ

Ronaldo Messi va Mbappe haqida iliq fikr bildirdi

Braziliyalik afsona Messini futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri deb atadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Ronaldo Messi va Mbappe haqida iliq fikr bildirdi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi afsonasi Ronaldo Jahon chempionatlaridagi gollar soni bo‘yicha Lionel Messi va Kilian Mbappe undan o‘zib ketgani haqida fikr bildirdi.

Ronaldo faoliyati davomida mundiallarda 15 ta gol urgan va uzoq vaqt davomida Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatorida bo‘lgan. Ammo JCh-2026 davomida Lionel Messi va Kilian Mbappe bu ko‘rsatkichdan o‘zib ketdi.

Hozirda Messi Jahon chempionatlarida 19 ta gol bilan tarixiy rekord uchun kurashni davom ettirmoqda. Mbappe esa 16 ta gol bilan bu poygada jiddiy da’vogarlardan biriga aylangan.

Ronaldo bu holatga juda xotirjam va hurmat bilan munosabat bildirdi. Uning fikricha, rekordlar aynan yangilanish uchun mavjud va futbol faqat raqamlardan iborat emas.

Braziliyalik afsona Messini futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri deb atadi. Uning aytishicha, Messi yoshi ulg‘aygan bo‘lsa ham, hamon o‘yinga katta ta’sir ko‘rsata oladigan va muhim pallalarda natijani hal qila oladigan futbolchi bo‘lib qolmoqda.

Mbappe haqida gapirar ekan, Ronaldo fransiyalik hujumchining o‘yin uslubi unga o‘zining eng kuchli davrlarini eslatishini ta’kidladi. U Mbappeni zamonaviy futbolning eng buyuk vakillaridan biri va futbol afsonalarining tabiiy vorisi sifatida baholadi.

Ronaldo Messi ham, Mbappe ham statistikadan yuqori turadigan futbolchilar ekanini qayd etdi. Uning fikricha, har ikki yulduz ham Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga munosib.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting