locale OZ

Ronaldinyo o'zi bilan birga o'ynashni orzu qilgan futbolchi kimligini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldinyo o'zi bilan birga o'ynashni orzu qilgan futbolchi kimligini aytdi
FOTO: AFP

Braziliyalik sobiq futbolchi, afsonaviy Ronaldinyo o'zi bilan bir jamoada o'ynashni orzu qilgan futbolchi kimligini aytdi.

Ronaldinyo professional faoliyati davomida Ronaldo Nazario va Lionel Messi bilan bir jamoada to'p surgan. Biroq uning L'Équipe nashriga bergan intervyusida fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidanni alohida e'tirof etdi.

“Men har doim Zizuning o'yinlaridan hayratda qolganman. Biroq, u bilan hech qachon birga o'ynamaganman. Bundan juda afsusdaman. U mukammal o'yinchi. Men uni murabbiy sifatida ham juda hurmat qilaman”, - deydi Ronaldinyo.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting