locale OZ

Romero «Tottenxem»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romero «Tottenxem»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi
Фото: Getty Images

Londonning "Tottenxem" klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirgan edi.

TeleFootball xabariga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi hozirda klubda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylandi.

U keyingi 4 yil davomida haftasiga 200 ming funt sterling ishlab topadi.

Futbolchi jamoa bilan bitimni uzaytirganidan so'ng quyidagi fikrlarini bildirdi.

“Bu yerda juda baxtliman. “Tottenxem” – men uchun dunyodagi eng yaxshi klub. Muxlislarga rahmat. Ular bizni har doim qo'llab-quvvatlamoqda. Klub bilan shartnomani uzaytirganimdan mamnunman”, - deydi Romero.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting