locale OZ

Romelu Lukaku terma jamoada gol urish bo'yicha beshinchi o'ringa chiqib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romelu Lukaku terma jamoada gol urish bo'yicha beshinchi o'ringa chiqib oldi
FOTO: Getty Images

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku JCh-2026 saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan Uelsga qarshi bahsda (4:3) gol urib, terma jamoa to'purarlari reytingida beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Lukaku 89-daqiqada penaltidan unumli foydalandi. Bu uning Belgiya terma jamoasi safidagi 89-goli bo'ldi.

Terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purar esa portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Uning hisobida 138 ta shunday gol bor.

Dunyoning eng yaxshi terma jamoa to'purarlai (top-5):

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 138 ta gol;

2. Lionel Messi (Argentina) - 112 ta gol;

3. Ali Dayi (Eron) - 108 ta gol;

4. Sunil Chxetri (Hindiston) - 95 ta gol;

5. Romelu Lukaku (Belgiya) - 89 ta gol.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting