Romano Yoshko Gvardiolning \"Real\" qiziqishi fonidagi kelajagini ma'lum qildi
Avvalroq Gvardiolga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Foto: Getty Images
"Manchester Siti" Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan yangi shartnoma imzoladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, tomonlar 2031-yilning yoziga qadar mo'ljallangan kelishuvni imzolagan. Klub sport direktori Ugu Viana va bosh murabbiy Enso Mareska 24 yoshli futbolchini jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq Gvardiolga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq yangi shartnoma xorvatiyalik himoyachining "Manchester Siti"da qolishini anglatadi.
Gvardiol 2023-yildan buyon ingliz klubi safida to'p tepmoqda. U shu vaqt ichida 122 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist