locale OZ

Romano Holandning kelajagi borasida fikr bildirdi

Transfermarkt ekspertlari 26 yoshli norvegiyalik hujumchining bozor qiymatini 220 million yevroga baholamoqda.
Romano Holandning kelajagi borasida fikr bildirdi
Фото: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romano «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Erling Holann Ispaniyada o‘ynaydigan bo‘lsa, bundan hayron bo‘lmayman. U “Borussiya”da o‘ynagan paytlaridanoq “Real” va “Barselona” uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Biroq so‘nggi vaqtlarda bu borada hech qanday muzokaralar olib borilmadi», — deya Romanoning so‘zlaridan keltiradi The Touchline nashri.

So‘nggi kunlar va haftalarda matbuot Holandni Ispaniya La Ligasining grand klublari bilan yana faol bog‘lay boshladi.

Transfermarkt ekspertlari 26 yoshli norvegiyalik hujumchining bozor qiymatini 220 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting