Roman Vegerya — «Sho‘rtan» futbolchisi
Roman jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Фото: Шўртан ПФК
“Sho‘rtan” tarkibini yana bir legioner bilan kuchaytirdi. Belaruslik himoyachi Roman Vegerya jamoamiz safiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Belarusning Arsenal Dzerjinsk jamoasida o‘tkazgan. Roman jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
“Ishonamizki, u o‘z mahorati va tajribasi bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda munosib hissa qo‘shadi”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist