locale OZ

«Roma» Shomurodov o‘rniga olgan hujumchisidan tezroq qutulmoqchi

Fergyuson Gian Piero Gasperini jamoasi uchun 12 ta o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Shomurodov o‘rniga olgan hujumchisidan tezroq qutulmoqchi
ФОТО: Getty images

"Roma"ning "Brayton"dan ijaraga olgan hujumchisi Evan Fergyuson tez orada Angliyaga qaytishi mumkin.

Calciomercato nashrining yozishicha, rimliklar 21 yoshli irlandiyalik forvardning harakatidan qoniqish hosil qilmagan. U asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.

"Roma" yanvarda Fergyusonning ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish va uning o‘rniga boshqa hujumchi olish haqida o‘ylamoqda.

Evan Fergyuson Gian Piero Gasperini jamoasi uchun 12 ta o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ijara mavsum oxirigacha mo‘ljallangan va sotib olish opsiyasini o‘z ichiga oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting