locale OZ

\"Roma\" sardori \"Boca Juniors\"ga o‘tishi mumkin

U vataniga qaytishi ehtimoli bor
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Roma" sardori "Boca Juniors"ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images

"Roma" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini "Boca Juniors"da davom ettirishi mumkin.

Qayd etilishicha, Paredes argentinaliklarning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Yakuniy qaror futbolchi tomonidan qabul qilinadi.

Paredesning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda 30 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi, 2 ta gollik uzatma berdi va 8 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt argentinalik futbolchini 5 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting