locale OZ

«Roma» sardori APL klubiga o‘tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» sardori APL klubiga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Roma” yarim himoyachisi Lorenzo Pellegrini faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist va insayder Nikola Skira xabariga ko‘ra, “West Ham” klubi italiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan.

29 yoshli futbolchi London klubi bilan allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan va ehtimoliy hamkorlikni muhokama qilgan.

Lorenzoning rimliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozgacha amal qiladi. “Roma” hali Lorenzo bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshlamagan.

Transfermarkt portali Pellegrinining qiymatini 9 million yevroga baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting