«Roma» Sanchoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Biroq kelishuv amalga oshmagan.
ФОТО: Getty images
Italiyaning "Roma" klubi Jeydon Sanchoni tarkibiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Angliyalik vinger ayni paytda erkin agent hisoblanadi — u 2026 yil 30 iyunda "Manchester Yunayted"ni tark etgan.
"Roma" avval ham Sanchoni qo'lga kiritishga uringan edi. O'tgan yilgi muzokaralarda rimliklar futbolchini ijaraga olib, keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan transferni rasmiylashtirish variantini taklif qilgan. Biroq kelishuv amalga oshmagan.
Ayni paytda Sanchoning kelajagi ochiqligicha qolmoqda. Futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda, Italiya chempionati esa uning ehtimoliy manzillaridan biri sifatida ko'rilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist