locale OZ

Rodri Mourinyo bilan telefon suhbatining tafsilotlarini aytdi

Yarim himoyachi yakuniy qarorini qabul qilib, “Barselona”ni tanlaganidan keyin Mourinyoga yana qo‘ng‘iroq qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri Mourinyo bilan telefon suhbatining tafsilotlarini aytdi
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Rodri Ernandes yozgi transferlar vaqtida “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan telefon orqali gaplashganini tasdiqladi. Portugaliyalik mutaxassis ispaniyalik futbolchini Madrid klubiga taklif qilishga uringan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Mourinyo suhbat davomida Rodrini “Real”da ko‘rishni istashini ochiq bildirgan va uning jamoaga qanday foyda keltirishi mumkinligini tushuntirgan. Rodri murabbiyning muloqot uslubini juda hurmatli deb baholagan.

Yarim himoyachi yakuniy qarorini qabul qilib, “Barselona”ni tanlaganidan keyin Mourinyoga yana qo‘ng‘iroq qilgan. Rodri unga qiziqish bildirgani va suhbat davomida hurmat bilan munosabatda bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirgan hamda portugaliyalik mutaxassisni buyuk murabbiy deb atagan.

Ma’lumot uchun, “Real” Rodrini “Manchester Siti”dan olib kelishga jiddiy qiziqqan, biroq transfer uchun kurashda “Barselona” ustun kelgan. 30 yoshli futbolchining Kataloniya klubiga transferi bonuslarni hisobga olmaganda 60 million yevroga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting