Rodri: «Men qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkinligining namunasi man»
Ispaniya finalda Argentinani mag'lub etdi.
ФОТО: Getty images
2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri o‘z mukofoti haqida fikr bildirdi.
«Odamlar muvaffaqiyat cho‘qqisini zabt etgan, keyin esa og‘ir sinovlarga duch kelgan, ammo mehnatsevarlik va matonat tufayli yana e’tirofga sazovor bo‘lgan futbolchining tarixini ko‘rishdi.
Men qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkinligining namunasi man. Balki ko‘pchilik meni shaxsan tanimas, ammo Ispaniyadagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va mehrini chin dildan his qildim», — dedi Rodri.
Eslatib o‘tamiz, Rodri o‘tgan mavsum «Manchester Siti» safida bir necha marta jarohat olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist