locale OZ

Robertson: «Yanvar oyidanoq yangi klubim «Tottenhem» bo‘lishini bilardim»

32 yoshli futbolchi o‘tgan yozda «Tottenhem» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robertson: «Yanvar oyidanoq yangi klubim «Tottenhem» bo‘lishini bilardim»
ФОТО: Getty images

«Tottenhem» himoyachisi Endryu Robertson London klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Shotlandiyalik futbolchining aytishicha, u yangi jamoasini tanlash masalasini ancha oldin hal qilgan.

«Yanvar oyidanoq yangi klubim “Tottenhem” bo‘lishini bilardim. Albatta, buning uchun jamoa Premyer-ligada qolishi kerak edi. Men “Tottenhem”ning o‘yinlarini kuzatishni va ularni qo‘llab-quvvatlashni boshladim.

Ayniqsa, De Dzerbi kelganidan keyin jamoaning muvaffaqiyatiga ishonchim komil bo‘ldi. “Tottenhem” meni juda xohlaganidan juda xursand bo‘ldim», — dedi Robertson.

32 yoshli futbolchi o‘tgan yozda «Tottenhem» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda Robertson barcha turnirlarda oltita uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting