locale OZ

Robertson «Seltik»ga o'tishi mumkin

Endryuning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robertson "Celtic"ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Liverpul" qanot himoyachisi Endryu Robertson Shotlandiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchini "Seltik" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Robertsonning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish bo'yicha hali kelishib olmagan.

Joriy mavsumda himoyachi "Liverpul"ning 9 ta uchrashuvida qatnashib, o'z hisobiga gol va golli uzatma yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting