«River Plate» Jezus uchun xaridor
Argentinaliklar futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkin.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jezus qishda jamoadan ketishi mumkin.
Argentina OAVlari xabariga ko‘ra, unga “River Plate” jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilyapti. Argentinaliklar futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchidan umid qilmoqda va uni boshqa klubga qo‘yib yuborishni istamayapti.
Gabriel Jezus APLda 229 ta o‘yin o‘tkazib, "gol+pas" tizimida "76+45" natijaga erishgan. Braziliyalik "Arsenal"ga "Manchester City"dan ko‘chib o‘tgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist