locale OZ

Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunicha «Bunyodkor» yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

O'zbekistonda yozgi transfer oynasi 10 avgustgacha davom etadi.
Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunicha «Bunyodkor» yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi
Фото: Бунёдкор ПФК

Avvalroq "Bunyodkor" braziliyalik sobiq futbolchisi oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni rasmiy ravishda tan olgan bo‘lib, keyinchalik uni besh yil davomida bosqichma-bosqich to‘lab borish yuzasidan Rivaldo bilan kelishuvga erishgandi.

2024 va 2025 yilgi mavsumlar davomida klub besh yillik kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajardi. Biroq 2026 yilga kelib, klub ta’sischisi va bosh homiysi hisoblangan O‘zbekneftgaz AJ "Bunyodkor" futbol klubini moliyalashtirishni to‘xtatgach, klub joriy yilning may oyiga qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qarzdorlikning navbatdagi to‘lovini bajara olmadi.

Shundan so‘ng Rivaldo FIFAga qayta shikoyat kiritdi. Qo‘shimchasiga, "Bunyodkor" bilan tuzilgan besh yillik kelishuv shartlari va unda nazarda tutilgan chegirmalar ham bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi 10 avgustgacha davom etadi. Endilikda "Bunyodkor" yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Klub mavjud futbolchilar bilan mavsumni yakunlashi, shuningdek, taqiq kuchga kirguniga qadar "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sifatida FIFA ro‘yxatida mavjud bo‘lgan yosh futbolchilarinigina keyinchalik o‘z qaydnomasiга qo‘shishi mumkin bo‘ladi.

Joriy yilning 23 iyun sanasidan keyin "Bunyodkor" futbol akademiyasiga qabul qilingan yosh futbolchilar ham mazkur taqiq doirasida klub uchun ro‘yxatdan o‘ta olmaydi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting