locale OZ

Ris Jeyms yana jarohat oldi

Avvalroq u JCh-2026 doirasidagi Angliya terma jamoasining kamida ikkita yaqin uchrashuvini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ris Jeyms yana jarohat oldi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi va “Chelsi” himoyachisi Ris Jeyms faoliyatidagi 24-jarohatini oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi jarohatlar sabab umumiy hisobda 804 kun maydondan chetda qolgan. Ayni vaqtda Jeyms son orqa mushagi bilan bog‘liq muammo sabab tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Avvalroq u JCh-2026 doirasidagi Angliya terma jamoasining kamida ikkita yaqin uchrashuvini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jeyms jamoa bilan Nyu-Yorkka yo‘l olmaganini tasdiqlagan. Agar inglizlar pley-offga yo‘l olsa, himoyachi 1/16 final uchrashuvida ham maydonga tusha olmasligi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting