locale OZ

Ris Jeyms faoliyatidagi 24-jarohatini oldi

U Panamaga qarshi o‘ynamaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ris Jeyms faoliyatidagi 24-jarohatini oldi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” klubi va Angliya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeyms faoliyatidagi 24-jarohatini oldi.

Jarohatlar tufayli u 804 kunni o‘tkazib yubordi, bu haqida X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline xabar bermoqda.

Ayni paytda Jeyms tizza orqa paylari jarohatidan so‘ng tiklanmoqda. Avvalroq, u terma jamoaning JCH-2026 doirasidagi kamida yaqin ikki o‘yinini o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jeyms jamoa bilan Nyu-Yorkka jo‘nab ketmaganligini tasdiqladi, u yerda Angliya Panama terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Agar jamoa pley-off bosqichiga chiqsa, himoyachi 1/16 final o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting