Richarlison yozda \"Tottenhem\"ni tark etib, sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images
"Tottenhem" hujumchisi Richarlison yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli braziliyalik futbolchi "taqachilar"ni tark etadi. U sobiq jamoasi "Everton"ga qaytishi mumkin. "Irislar" Richarlisonni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
Xabarlarga ko'ra, Richarlisonning transfer bahosi 25 mln yevro deya baholanmoqda. U 2022 yilda 58 mln yevro evaziga "Everton"dan "Tottenhem"ga ko'chib o'tgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist