locale OZ

Remzi «Pumas» bilan shartnomasini bekor qildi

U uch oy davomida klub safida to'p surdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Remzi «Pumas» bilan shartnomasini bekor qildi
ФОТО: Getty images

34 yoshli uelslik futbolchi Aaron Remzi jarohatlar va maydon tashqarisidagi muammolari sababli Meksikaning “Pumas” klubini tark etdi, deb xabar bermoqda The Sun.

Shartnomasi 2026 yilgacha tuzilganiga qaramay, u klubda bor-yo‘g‘i 3 oy o‘tkazdi. Oktabr oyining boshida Uels terma jamoasi futbolchisi navbatdagi mushak jarohatini olganidan so‘ng, shartnoma bekor qilindi.

Oktabr oyi boshida sevimli iti to‘satdan yo‘qolib qolganidan keyin, futbolchi ham og‘ir damlarni boshdan kechirdi. Remzi xalqqa sodiq itini topishda yordam so‘rab murojaat qildi va mukofot taklif qildi.

Meksikada "Arsenal"ning sobiq o‘yinchisi atigi olti o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting