locale OZ

Regilon faoliyatini «Inter Mayami»da davom ettirishi mumkin

Tomonlar o‘rtasida 2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Regilon faoliyatini «Inter Mayami»da davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Tottenhem”ning sobiq himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi “Inter Mayami” bilan muzokara o‘tkazmoqda. Hozirda u erkin agent maqomida va faoliyatini Florida klubida davom ettirishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida 2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.

Shuningdek, u kuni kecha faoliyatini yakunlagani e’lon qilingan Xordi Albaning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Regiloning so‘nggi klubi “Tottenhem” hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting