“Real”sobiq darvozaboni: “Menimcha, Rodri “Real”ga kerakli muvozanatni bera oladigan futbolchi edi“
Kiko Kasilya Rodri nima uchun “Real”ga kerak bo‘lganini tushuntirdi.
Foto: Getty Images
“Real Madrid”ning sobiq darvozaboni Kiko Kasilya Rodri Ernandesning “Barselona”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ispaniyalik yarim himoyachi Madrid klubiga aynan maydondagi muvozanatni ta’minlash uchun juda kerak edi.
“Menimcha, Rodri “Real”ga kerakli muvozanatni bera oladigan futbolchi edi. U qachon hujum qilish, qachon esa to‘pni nazorat qilib, o‘yinni sekinlashtirish kerakligini yaxshi biladi. U “Real”ga kerak edi, ammo endi “Barselona”da”, — dedi Kasilya.
Shu bilan birga, sobiq darvozabon Rodri transferi amalga oshmaganiga qaramay, “Real” hozirgi tarkibi bilan ham katta maqsadlar uchun kurasha olishini ta’kidladi. Uning fikricha, madridliklarda yuqori natijalarga erishish uchun yetarlicha kuchli futbolchilar bor.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunlagan. “Barselona” esa Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist