“Real”ga Makallister kerak
Photo: Getty Images
“Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Makallister “Real”ning qiziqishlari doirasida. Bu haqda Marca xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, “qirollik” klubi 26 yoshli argentinalik xavbekni sotib olish uchun taklif tayyorlamoqda. U jamoaning markaziy yarim himoyasini kuchaytira oladi deb hisoblamoqda.
Ma'lumot uchun, Aleksisni “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallatgan. Transfermarktda futbolchining transfer narxi 90 million yevroni tashkil qilyapti.