locale OZ

«Real» “Yuventus”ga Mastantuononi taklif qildi — manba

Transfermarkt portaliga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” “Yuventus”ga Mastantuononi taklif qildi — manba
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi 18 yoshli qanot hujumchisi Franko Mastantuono faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Tuttosport.

Ispaniya klubi futbolchining maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazishi uchun shu yozda hujumchini ijaraga asosida sotib olishni “Yuventus”ga taklif qildi.
Mastantuono 2025 yilda “River Pleyt”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga o‘tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, uchtadan gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting