locale OZ

«Real» yozda Holand bilan shartnoma imzolashi mumkin

Norvegiyalik hujumchi La Ligaga katta qiziqish bilan qaramoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» yozda Holand bilan shartnoma imzolashi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni jamoaga olib kelishni istamoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu transfer yozgi transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin. Holand tomoni va uning agenti Rafaela Pimenta bilan aloqalar hanuzgacha saqlanib qolingan.

Qayd etilishicha, Erling Holand Ispaniyaga katta qiziqish bilan qaraydi va «Real»ni o‘z faoliyatidagi asosiy maqsad sifatida ko‘radi. Biroq kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Bunga asosiy sabab — norvegiyalik hujumchining «Manchester Siti» bilan 2034 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Holand 2022 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting