locale OZ

«Real» va «PSJ» Olisening transferi uchun asosiy da’vogar

«PSJ» avvalroq Olise transferi bo‘yicha kurashdan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan.
«Real» va «PSJ» Olisening transferi uchun asosiy da’vogar
ФОТО: Getty images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Maykl Olise kelajagi borasida transfer bozorida jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda. Fransiya terma jamoasi a’zosi uchun «Real» va «PSJ» asosiy da’vogarlar sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Olise kelajakda «Bavariya»dan ketadigan bo‘lsa, Madridning «Real» klubiga o‘tishni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.

«PSJ» esa avvalroq Olise transferi bo‘yicha kurashdan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan. Parij klubi «Bavariya» talab qilayotgan taxminan 200 million yevrolik narxni to‘lash va transfer uchun savdoga kirishishni istamagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting