«Real» Upamekano uchun 20 million yevro maosh to'lashga rozi
Futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi bitimi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” himoyachisi Dayo Upamekano faoliyatini Ispaniya chempionida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bayern & Germany nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Real” klubi fransiyalik 26 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Klub u so'rayotgan 20 million yevro miqdoridagi maoshni to'lashga rozi.
Futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi bitimi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi. Dayo “Bavariya”dan yiliga 20 mln yevro atrofida maosh so'ramoqda. Klub buni to'lashga tayyor emas. Transfermarkt portaliga ko'ra Dayoning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
Fransuz futbolchisi Bundesliganing joriy mavsumida oltita o'yin o'tkazib, bitta sariq kartochka olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist