locale OZ

«Real» Uortonni sotib olishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Uortonni sotib olishga tayyor
Photo: Getty Images

“Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

“Real” o‘tgan mavsumda jamoani tark etgan Toni Kroosga munosib o‘rinbosar topmoqchi.

Biroq ingliz klubi Uorton bilan osonlikcha xayrlashmoqchi emas. Unga “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda.

Uorton o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting