«Real» sobiq futbolchisi «Besiktosh»ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images
Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Besiktosh” klubi jiddiy qiziqmoqda. Turkiya klubi unga 1 mavsumlik shartnoma taklif qilgan. Muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq unga “Espanol” klubi Vaskesni ortga qaytarmoqchi ekani xabar qilingandi.
Vaskes o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 53 o‘yin o‘tkazib, 2 ta to‘p kiritgan hamda 8 ta golga assistentlik qilgan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor