locale OZ

«Real» Rodrigoning jarohat olganini eʼlon qildi

Braziliyalik vinger «Valensiya»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Rodrigoning jarohat olganini eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi kechadigan bahs oldidan «Real Madrid» matbuot xizmati jamoa vingeri Rodrigoning jarohat olgani haqida xabar berdi.

«Klub tibbiyot xizmati tomonidan bugun Rodrigoning sog‘lig‘i bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, futbolchida o‘ng oyoq tizza osti paylarining tendinozi aniqlandi. Tiklanish muddati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda», — deyiladi klub rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida «qirollik klubi» safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Hozirda La Liganing 22 turidan so‘ng «Real Madrid» 54 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting