\"Real\" Rayani sotib olishni maqsad qildi
Photo: Getty Images
“Arsenal” darvozaboni David Raya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, unga “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi Kurtuaga munosib o‘rinbosar sifatida Raya variantini ma’qul deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda David “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, u 18 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist