locale OZ

«Real» Olise bo‘yicha muzokaralar olib bormaganini aytdi

Madrid klubi fransiyalik futbolchiga e’tibor qaratmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Real Olise bo‘yicha muzokaralar olib bormaganini aytdi
ФОТО: Getty images

“Real Madrid” jamoasi “Bavariya” futbolchisi Maykl Olise transferi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Ispaniya OAVlari “Real Madrid”ning fransiyalik vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Jumladan, “Marca” nashri “qirolicha klub” futbolchi uchun 220 million yevrogacha mablag‘ to‘lashga tayyorlanayotganini yozgandi.

“Turli ommaviy axborot vositalarida klubimizning “Bavariya” futbolchisi Maykl Olisega qiziqishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirar ekan, “Real Madrid” shuni ma’lum qiladiki, klub hozirga qadar mazkur futbolchi, uning vakillari yoki unga yaqin shaxslar bilan hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqa o‘rnatmagan”, deyiladi madridliklar bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting