«Real Madrid» Rim papasini klubning faxriy aʼzosi deb eʼlon qildi
Madridning «Real» klubi Rim papasi Lev XIV ispan klubining faxriy aʼzosiga aylanganini rasman eʼlon qildi.
«Real Madrid» futbol klubining bugun, 11 iyun, payshanba kuni Florentino Peres rahbarligida yigʻilgan direktorlar kengashi Uning Muqaddasligi Papa Lev XIV ni «Real Madrid»ning faxriy aʼzosi etib tayinlash haqida qaror qabul qildi. Bu klubimiz tomonidan beriladigan eng oliy mukofot hisoblanadi.
Shu tariqa, «Real Madrid» milliardlab insonlar yetakchisi boʻlgan hamda butun dunyoda tinchlik, birdamlik va adolat oʻrnatilishiga hissa qoʻshayotgan shaxsga nisbatan oʻz hayrati va ehtiromini izhor etadi. Uning 2026 yil 8 iyun kuni «Santyago Bernabeu» stadioniga tashrifi «Real Madrid» uchun yuksak sharaf boʻldi va tariximizdagi eng hayajonli lahzalardan biri boʻlib qoladi», — deyiladi «Real» rasmiy sayti xabarida.