locale OZ

“Real Madrid” La Liganing qaroridan norozi bo‘ldi

Madridliklar “Valensiya”ga qarshi safar uchrashuvi uchun belgilangan sanani adolatsiz deb hisoblamoqda.
“Real Madrid” La Liganing qaroridan norozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvlari taqvimi e’lon qilinganidan so‘ng La Liga rahbariyatining qaroridan norozilik bildirdi. Madridliklar “Valensiya”ga qarshi safar uchrashuvi uchun belgilangan sanani adolatsiz deb hisoblamoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” 4-noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasida Gretsiyaning AEK klubiga qarshi safarda maydonga tushadi. Oradan uch kun o‘tib, 7-noyabr kuni esa “Valensiya” bilan uchrashadi. Klub vakillarining fikricha, Afinadan qaytish va navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun futbolchilarga yetarli vaqt qolmaydi.

Madridliklarning noroziligiga Chempionlar ligasida qatnashayotgan Ispaniyaning boshqa to‘rtta klubi o‘z uchrashuvlarini 8-noyabr, yakshanba kuni o‘tkazishi ham sabab bo‘lgan. “Real” rahbariyati “Valensiya”ga qarshi bahsni ham yakshanbaga ko‘chirish imkoniyati mavjud deb hisoblamoqda. Hozircha La Liga tomonidan uchrashuv sanasini o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Ispaniya chempionatining dastlabki sakkiz turida 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. “Valensiya”ga qarshi uchrashuv 7-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 8-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanishi belgilangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting