\"Real Madrid\" Endrikning yozgi transferini istisno qilmayapti
Hozircha Endrikning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Foto: Getty Images
Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchi Endrikning joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligini istisno qilmayapti.
ESPN xabariga ko‘ra, klub rahbariyati 19 yoshli futbolchining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga ketish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bunga jamoa hujum chizig‘idagi kuchli raqobat sabab bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, hozircha Endrikning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Biroq agar futbolchi yangi mavsumda yetarli o‘yin vaqtiga ega bo‘lmasligi aniq bo‘lsa, "Real Madrid" uning vaqtinchalik boshqa klubga o‘tishiga rozilik berishi mumkin.
Nasrullo Karimov
Jurnalist