«Real» kelasi yoz uchun shov-shuvli transfer tayyorlamoqda
Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" vingeri Maykl Olise "Real" klubi qiziqishlari doirasida qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatlarini yanada chuqurroq o'rganmoqda. "Qirollik klubi" Oliseni bu yoz emas, balki 2027 yil yozida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Maykl Olise "Bavariya" safida 49 ta o'yinda ishtirok etib, 21 ta gol va 30 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist