locale OZ

«Real» Kamavingani sotishga tayyor

Unga "Manchester Siti" klubi jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real» Kamavingani sotishga tayyor
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" jamoasi Eduardo Kamavingani sotuvga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” klubi fransiyalik yarim himoyachi uchun 60 million evrogacha bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.

22 yoshli futbolchiga Yevropaning bir qancha klublari, jumladan, "Manchester Siti" ham da’vogarlik qilmoqda. "Shaharliklar" havbek uchun 60 million yevro taklif qilishga tayyor.

Kamavinganing potentsial sotilishi "Real"ga o‘z tarkibi va ish haqi hisobidan joy bo‘shatish imkonini beradi, bu esa boshqa muhim pozitsiyalarni kuchaytirish ishlarini osonlashtiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting