«Real» Joze Mourinyoni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi
Portugal mutaxassisi Madrid klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Фото: Real Madrid
"Real" Joze Mourinyoni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirdi.
Portugal mutaxassisi Madrid klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Taqdimot marosimida uni "Real" prezidenti Florentino Peres kutib oldi.
Mourinyoga "Santiago Bernabeu" stadionining maketi, soat hamda uning familiyasi yozilgan futbolka topshirildi.
«Men uyimga qaytdim», — dedi 63 yoshli murabbiy.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist