«Real» Jakeni sotib olmoqchi
Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
"Real" klubi "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jakeni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Madrid Universal jurnalisti Matteo Morettoga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchining o'yinini kuzatish uchun bir necha bor skautlarni yuborgan. Klub unga jiddiy qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Jake Liga 1da 15ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist