Real bosh murabbiyi charchoq tufayli klubni tark etishi mumkin
Rasm: rbc.ru Karlo Anchelotti
Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoada qiyin davrni boshdan kechirmoqda.
The Athletic nashri xabar berishicha, italiyalik murabbiy o‘zini charchagan his qilmoqda va
«Real»dan ketish haqida o‘ylamoqda.
Vaziyatga ko‘proq uning shaxsiy xodimlariga oid masalalar ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu mavsum uning o‘g‘li va yordamchisi Davide Anchelotti uchun so‘nggi bo‘lishi ehtimoli mavjud. «Real» rahbariyati Xabi Alonso nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqidagi mish-mishlar bosimni yanada kuchaytirmoqda.
Anchelottining klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
La Liga turnirining 28-turi yakuniga ko‘ra, «Real» 60 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bakradze Iman
Redaktor