“Real” “Barselona”ni chempionlik bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi “Barselona”ni Ispaniya La Ligasida chempionlikni qo'lga kiritgani bilan tabrikladi.
“Barselona”ni 2024/2025-yilgi mavsumda La Ligadagi g'alaba bilan tabriklaymiz”, - deyiladi “Qirollik klubi”ning X ijtimoiy tarmog'ida.
Ma'lumot uchun, “Barselona” La Liganing 36-turidan so'ng 85 ochko jamg'arib, mavsum yakunlashga ikki tur qolganida muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist