«Real» 2024 yilning dekabr oyidan beri ilk bor sovrin yutishi mumkin
Madridliklar 11 yanvar kuni «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi 2026 yil yanvar oyida 2024 yil dekabrdan beri kutayotgan ilk sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.
«Atletiko»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2025/2026 yilgi Ispaniya Superkubogi yarimfinalidan o‘tgan «qirollik klubi» finalga chiqdi va 11 yanvar kuni turnirning hal qiluvchi bahsida «Barselona» bilan to‘qnashadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida «Real» Xalqaro klub kubogini qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng «qirollik klubi» 2024/2025 yilgi Ispaniya Superkubogi, La Liga, Ispaniya Kubogi, Chempionlar Ligasida va Klublar jahon chempionatida yakuniy g‘alabaga erisha olmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist