«RB Leypsig» «Xoffenxaym» to‘purarini 25 million yevroga sotib olmoqda
«Xoffenxaym»ning ikkinchi to‘purari Fisnik Asllani «RB Leypsig»ga o‘tmoqda.
photo: gettyimages
«RB Leypsig» «Xoffenxaym» to‘purarini 25 million yevroga sotib olmoqda
«Xoffenxaym»ning ikkinchi to‘purari Fisnik Asllani «RB Leypsig»ga o‘tmoqda.
Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, «Leypsig» Kosovo terma jamoasining 23 yoshli hujumchisini taxminan 25 million yevroga sotib oladi va u bilan 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzadi. «Xoffenxaym» bilan kelishuvga allaqachon erishilgan.
O‘tgan mavsumda Aslani Bundesliganing 33 ta o‘yinida 10 ta gol urdi — jamoada faqat Andrey Kramarich (14 ta) undan ko‘proq gol urgan, xolos.
Ibrohim Jalolov
Redaktor