“RB Leypsig” Maksim Estev transferini rasman e’lon qildi
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Foto: Getty Images
Fransiyalik himoyachi Maksim Estev “Byornli”dan Germaniyaning “RB Leypsig” klubiga ko‘chib o‘tdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Estev “RB Leypsig” safida 3-raqamli futbolka ostida maydonga tushadi.
Maksim Estev o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etdi, biroq gol yoki assist qayd etmadi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli himoyachining bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, “RB Leypsig” o‘tgan mavsum Germaniya Bundesligasini uchinchi o‘rinda yakunlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist